YEVROPANING ENG YIRIK BANKLARI TOMONIDAN O‘ZBEKISTONNING YETAKCHI BO‘LGAN GAZ-KIMYO MAJMUASINING KENGAYTIRISH INVESTITSIYA LOYIHASINI MOLIYALASHTIRISH UCHUN QIYMATI 1,1 MLRD. EVROGA TENG SHARTNOMALAR IMZOLANDI

image

“Deutsche Bank”, “Landesbank Baden-Wuerttemberg” va “Landesbank Hessen-Thüringen Girozentrale” (“Helaba”) banklari “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish loyihasida ishtirok etadi

O‘zbekiston, Toshkent sh.- 2021 yil 30 sentabr. Energetika Vazirligi huzuridagi O‘zbekiston neft va gaz sanoatining yetakchi kompaniyasi “O‘zbekneftgaz” AJ “O‘zbekiston: Iqtisodiy islohotlar sarhisobi va istiqboli” iqtisodiy forumida Yevropaning uchta yetakchi banki bilan moliyaviy hamkorlik bo‘yicha muhim shartnomalar imzolanganini e'lon qiladi.

Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining (“Sho‘rtan GKM kengaytirish loyihasi”) ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish investitsiya loyihasini moliyalashtirish to‘g‘risidagi hamkorlik shartnomalarining qiymati  1,1 mlrd. yevroga teng. Shartnomalar “Deutsche Bank” bilan - 500 million yevroga, “Landesbank Baden-Wuerttemberg” bilan - 300 million yevroga, shuningdek “Bank Helaba” bilan ham - 300 million yevro qiymatga imzolandi.

Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasini kengaytirish qilish loyihasi davlat kafolatisiz eksportni moliyalashtirish tamoyili asosida moliyalashtirilgani bois Yevropaning nufuzli banklari ishtiroki O‘zbekistonning investitsion jozibadorligining dalolat beruvchi tasdig‘idir.

Loyihaning umumiy qiymati 1,8 mlrd. AQSh dollarga teng bo‘lib, shundan 1,2 mlrd. AQSh dollari xorijiy banklar va moliya institutlari konsorsiumi, 600 mln. AQSh dollari esa "O‘zbekneftgaz" AJ tomonidan taqdim etiladi.

O‘zbekiston energetika vaziri Alisher Sultonov:

“Bugungi muhim xabar energetika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarimizni moliyalashtirish uchun O‘zbekistonga jalb qilinayotgan yirik xalqaro kapitalning yana bir namunasidir. Biz ulkan energetik maqsadlarini belgilab oldik va ushbu maqsadlarga erishish uchun bosqichma-bosqich yirik strategiyani amalga oshirmoqdamiz, va bu kabi yirik xalqaro kapitalni jalb qilinishi bizning eng yaxshi ko‘rsatkichlarimizdan biridir. Biz Yevropadagi hamkorlarimizga  behad  minnatdorligimizni bildiramiz.”

Mehriddin Abdullayev, "O‘zbekneftgaz" AJ boshqaruvi raisi:

“O‘zbekiston gaz-kimyo sanoatining yetakchisi va mintaqaning asosiy polimer ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish loyihasi - yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan, neft-kimyo mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun uglevodorod xomashyosini chuqur qayta ishlash hajmini oshirish maqsadimizga erishish yo‘lidagi yana bir qadamdir.

Biz Yevropaning eng mashhur banklari tomonidan taqdim etilayotgan moliyaviy ko‘mak va ishonch uchun juda minnatdormiz. Bu O‘zbekiston taraqqiyotining tasdig‘i va bunda “O‘zbekneftgaz” ning tutgan o‘rni muhimdir.”

Mablag‘lar “Euler Hermes” (Germaniya)  va boshqa Yevropa eksport-kredit agentliklarining sug‘urta qoplamalari doirasida jalb qilinadi.

Iqtisodiy forumda “O‘zbekneftgaz” AJ va shtab-kvartirasi Nyu-Yorkda joylashgan va O‘zbekistonda investitsiya loyihalari va ularni moliyalashtirish bo‘yicha maslahat berish bo‘yicha ko‘p yillik muvaffaqiyatli tajribaga ega “White & Case LLP” xalqaro yuridik firmasi o‘rtasida yana bir bitim imzolandi.

Shurtan GKM ishlab chiqarish quvvatining kengayishi hisobiga yiliga qo‘shimcha 280 ming tonna bimodal polietilen, 100 ming tonna polipropilen va 50 ming tonna piroliz distillatni  ishlab chiqarishni ta'minlashga yordam beradi. Sintetik suyuq yoqilg’i ishlab chiqarish zavodida (GTL) ishlab chiqariladigan sintetik nafta Shurtan GKMning loyihalashtirilayotgan kengaytirish obyektlari uchun xomashyo bazasi  sifatida xizmat qiladi.