Kompaniyaning yosh mutaxassislari amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etishdi

image

2021 yil 27 oktabr kuni GTL sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodining qurilish maydonida kompaniyaning yosh mutaxassislari birlamchi yong‘in o‘chirish vositalarini qo‘llash qoidalari, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etishdi hamda  yong'indan himoya qilish tizimlari, shuningdek atrof-muhitni va ekologiyani  muhofaza qilish sohasidagi o‘z bilimlarini oshirishdi.

Ushbu mashg'ulotlarning asosiy maqsadi yong'in aniqlangan vaqtida zavod ishchilarining harakatlarini mashq qilish va yong'indan himoya qilish vositalarini to'g'ri ishlatish ko'nikmalarini o'rgatishdan iborat.

Amaliy mashg‘ulotlar davomida mutaxassislar o‘t o‘chirish moslamalari, o‘t o‘chirish gidrantlari va yong‘inga qarshi shkaflardan to‘g‘ri foydalanishni amaliyotda o‘rganish imkoniga ega bo‘ldi. Tajribali muhandislar mutaxassislarni GTL zavodi hududida o‘rnatilgan yong‘in xavfsizligi tizimi bilan ham tanishtirdilar.