Hurmatli oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari, yosh mutaxassislar, shuningdek, “Uzbekistan GTL” kompaniyasiga ishga joylashish istagida bo‘lganlar!

image

2021 yil 26 oktyabrdan boshlab “O‘zbekiston GTL” MChJga ishga joylashish uchun, nomzod sifatida kompaniyaning www.uzgtl.com rasmiy sayti orqali yangi onlayn ro‘yxatdan o‘tish tartibi joriy etildi.

 

Yangi qoidalarga ko‘ra, nomzodlarga tanlagan yo‘nalish (neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi, issiqlik energetikasi, laboratoriya, elektr ta’minoti, NO`A va A, texnologik mashinalar va uskunalar) bo‘yicha onlayn test sinovlaridan o‘tishlari uchun 1 soat vaqt beriladi.

 

Endilikda nomzodlar ixtisosligiga qarab Kompaniya faoliyatining muayyan yo‘nalishi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatiga ega. Nomzodlarning nazariy bilimlari onlayn test orqali aniqlanadi. Test sinovlari natijalari 70 foizdan oshiq bo‘lgan nomzodlar tanlovning keyingi bosqichiga (imtihonga) taklif qilinishlari mumkin. Imtihonlar og‘zaki savol-javob (suhbat), qo‘shimcha yozma ish va nomzodlarni tanlashning boshqa turlari (shu jumladan masofadan turib) shaklida tashkil etilishi mumkin.

 

2020 yilning aprel oyidan boshlab Kompaniyada qidiruv, tanlash va ishga joylashtirish jarayonlarining shaffofligi va ochiqligini ta’minlash maqsadida nomzodlarni onlayn ro‘yxatga olish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Shu davrda 13 ming 200 dan ortiq elektron so‘rovnomalar kelib tushdi. Anketalarni dastlabki baholash bosqichidan so‘ng ikkinchi bosqichda (yozma ish va og‘zaki suhbat) ishtirok etish uchun jami 2000 nafardan ortiq nomzod  taklif etildi. Ikkinchi bosqich yakunlariga ko‘ra, Korxonaga 205 nafar yosh mutaxassis ishga joylashtirildi. Yangi ishga qabul qilingan mutaxassislar “O‘zbekneftgaz”AJ tasarrufidagi  neft va gazni qayta ishlash zavodlari va ishlab chiqarish ob'yektlarida malaka oshirmoqda.