“UZBEKISTAN GTL” KOMPАNIYASINING STIPENDIYАLАR DАSTURI ISHTIROKCHILАRI DIQQАTIGА!

image

Bu yilgi “UZBEKISTAN GTL” MCHJ stipendiya dasturida qatnashish istagini bildirgan talabalar soni 2014 nafarni tashkil qildi. Stipendiya dasturining birinchi bosqichini o‘tkazish tartibiga ko‘ra, talabalarning Tanlov shartlariga muvofiqligi onlayn tarzda qabul qilingan anketalar orqali tekshirildi. Shuningdek, talabalarning motivatsion xatlari hamda o‘zlari haqida yo‘llagan videoroliklari  Kompaniyaning mas’ul mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi.

Birinchi bosqich yakuniga ko‘ra, 531 nafar nafar talabalar Tanlovning ikkinchi bosqichida ishtirok etishi uchun saralab olindi.

Talabalalarga qulaylik yaratish maqsadida, Tanlovning ikkinchi bosqichi talabalarga yaqinroq boʻlgan quyidagi manzillarda oʻtkaziladi:

- 2022 yilning 1 noyabr kuni Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridan keladigan talabalar uchun Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti hududida;

- 2022 yilning 2 noyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlaridan keladigan talabalar oʻrtasida Buxoro muhandislik-texnologiya instituti hududida;

- 2022 yilning 3-4 noyabr kunlari Andijon, Namangan, Fargʻona, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlaridan keladigan va Toshkent shahridan qatnashadigan talabalar uchun Toshkent kimyo-texnologiya instituti hududida.

Quyida tanlovning ikkinchi bosqichiga tavsiya etilgan 531 nafar talabalar roʻyxati bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

https://www.uzgtl.com/medias/media/other/569/2-bosqichga-o-tgan-talabalar-final-2.pdf

Stipendiya tanlovi toʻgʻrisida qoʻshimcha ma’lumot olish uchun hr@uzgtl.com elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin.