"UZBEKISTAN GTL" KOMPАNIYАSI 2021-2022 O‘QUV YILI UCHUN III STIPENDIYАLAR DАSTURINI E‘LON QILADI

image

Sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodi uchun kadrlar tayyorlash dasturini kengaytirish, iqtidorli talabalarni moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi "Uzbekistan GTL" mas’uliyati cheklangan jamiyati 2021-2022 oʼquv yili uchun III stipendiyalar dasturini e‘lon qiladi.

Stipendiyalar dasturi, ishtirok etish shartlari va boshqa batafsil maʼlumotlarni Kompaniyaning rasmiy veb-sayti  www.uzgtl.com va telegram kanalida @uzbgtl bilib olishingiz mumkin.

Stipendiya dasturida ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar joriy yilning 15-oktabrga qadar quyidagi havola orqali onlayn roʼyxatdan oʼtishlari mumkin.

ro’yxatdan o’tish (https://forms.office.com/Pages/ResponsePage.aspx?id=4ekAIcLG3EW7PdiJOIippiYcACFJ7bBDqfpPbexbddlUM0pDWUIwTlY3TkNZOTZRRlgySlpERVdOTi4u 

"Uzbekistan GTL" kompaniyasining stipendiyalar dasturi 2019 yilida taʼsis etilgan. Dastur g‘oliblariga Kompaniya tomonidan bir o‘quv yili davomida maxsus oylik stipendiyasidan tashqari, Kompaniyaning ofislarida malaka oshirish, GTL zavodida ishlab chiqarish va diplomoldi amaliyotlarini o‘tash, shuningdek o‘qishni tamomlaganidan so‘ng, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga qabul qilinish imkoniyatlariga ega bo‘ladi.