QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI PROFESSOR-O`QITUVCHILARI VA TALABALARI UZBEKISTAN GTL ZAVODIGA TASHRIF BUYURDI

image

Zavodimiz va Oliygohlar o’rtasida samarali hamkorlik yo`lga qo`yilgan bo`lib, bu galgi Qarshi davlat universiteti ishchi guruhi tashrifdan so’ng, tomonlarning kelgusidagi malakali kadrlar tayyorlash sohasidagi o’zaro faoliyatini muhim jihatlarini belgilab olishga imkoniyat yaratdi. 

Tashrif davomida universitet professor-o’qituvchilari Zavodning ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishtirildilar hamda Zavod xodimlari bilan o’zaro fikr almashdilar.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining GTL zavodi negizida ta’lim klasteri tashkil etgan holda Oliy ta’lim tizimini tubdan isloh qilishga qaratilgan ko’rsatmalari asosida Qarshi davlat universiteti talabalarining zamonaviy o’qitish rejalari, amaliyoti shuningdek o’qituvchilarning malaka oshirishlarini Zavod bilan hamkorlikda tashkil etish ishlari muhokama qilindi. лей ВУЗа. 

 

Uzbekistan GTL zavodi va Qarshi davlat universitetining o’zaro muzokaralari tashrif yakunida hamkorlik memorandumini imzolash orqali mustahkamlandi.